OFK kubogi. Turkmaniston klubi "25 aprel" bilan durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
19 sen 2018, 19:10
Bugun OFK kubogi interzonal yarim final dastlabki uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda KXDRning "25 aprel" klubi o'z uyida Turkmanistonning "Oltin Asr" klubini qabul qildi. Dastlab maydon egalari 15-daqiqada hisobni ochishdi. Bunga qo'shnilarimz Vohid Orazsaxedovning aniq zarbasi bilan javob berishdi.

Birinchi bo'limni koreyslar baribir g'alaba bilan tugatishdi. 32-daqiqada Kim YU Song gol urdi.

60-daqiqada An Song Il qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Bu esa "Oltin Asr"ga qo'l keldi. 81-daqiqada Selim Nurmuradov bahsdagi yakuniy natijani o'rnatdi - 2:2.

Javob o'yini 3 oktyabr kuni Ashxobod shahrida bo'lib o'tadi. Ushbu o'yinda g'olib bo'lgan jamoa OFK kubogi finaliga yo'l oladi.

Ma'lumot uchun, "Oltin Asr" klubi Turkmaniston terma jamoasining o'zagini tashkil etadi. Turkmaniston Osiyo Kubogi-2019da O'zbekiston bilan bir guruhdan joy olgan.



OFK kubogi-2018
Interzonal yarim final. Dastlabki o'yin
19 sentyabr 2018. Pxenyan. "Kim Il Sung" stadioni.
"25 aprel" - "Oltin Asr"
Bosh hakam: 
Ahmad Al Kaf (Ummon)
"Oltin Asr": Mamed Orazmuhamedov, Zafar Bobojonov (Gurbangeldi Batirov,45), Shoxrat Suyunov, Mekan Saparov, Altimurat Annadurdiev, Selim Nurmuradov, Syerdar Annaorazov, Resul Xojaev, Mekan Ashrov (Begmurat Bayov,65), Syerdar Geldiev, Vohid Orazsaxedov


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia