OFK Kubogi. "So'g'diyona" "Kuala-Lumpur"ga qarshi bahsda oq libosda harakat qiladi

Sherzod Nurmatov
4 okt 2022, 11:21
Bugun "Bek plus" mehmonxonasi anjumanlar zalida OFK Kubogi Hududlararo finali doirasidagi "So'g'diyona" – "Kuala-Lumpur Siti" uchrashuvidan oldingi miting bo'lib o'tdi.

Mitingda tomonlar ertaga qanday rangdagi liboslarda to'p tepishi aniqlandi. Unga ko'ra, "So'g'diyona" to'liq oq rangli liboslarda, "Kuala Lumpur Siti" esa qizil rangdagi liboslarda maydonga tushadigan bo'ldi.

OFK Kubogi-2022 Hududlararo final uchrashuvi ertaga 18:00 da "So'g'diyona" sport majmuasida start oladi.


Unda quyidagi rasmiy shaxsdar faoliyat olib borishadi:

Bosh hakam: Ali Saboh Adday Al Qaysi (Iroq)

Qanot hakamlari: Haydar Abdulhasan Ali Ubaydi (Iroq), Amir Dovud Hussayn (Iroq)

Zaxira hakami: Mohanad Qosim Isi Sarray (Iroq)

Hakamlar nazoratchisi: Ali Hamad Madhad (BAA)

Komissar: Ahmad Shahir (Maldiv orollari)

OFK delegati: Takaaki Inokuchi (Yaponiya)

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia