OFK Kubogi. "Istiqlol" Indoneziyaga boradi

Narzulla Saydullayev
18 iyun 2015
Hozirgina Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida OFK Kubogining chorak hamda yarim final bosqichlariga qur'a tashlandi.
Ushbu bosqichga shov-shuvli tarzda yetib kelgan Tojikistonning “Istiqlol” jamoasi chorak finalda Indoneziyaning “Paxang” klubi bilan to'qnash keladigan bo'ldi.

CHORAK FINAL JUFTLIKLARI:

1. “Al Qodisiya” (Quvayt) – “Al Jaish” (Suriya)
2. “Joxor Darul Tazim” (Malayziya) – “Janubiy Xitoy” (Gonkong)
3. “Quvayt SK” – “Kitche” (Gonkong)
4. “Istiqlol” (Tojikiston) – “Paxang” (Indoneziya)

Yarim finalda birinchi va ikkinchi juftlik g'oliblari o'zaro to'qnash kelsa, uchinchi hamda to'rtinchi juftlik g'oliblari o'zaro yarim finalda final chiptasi uchun kurashish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Chorak finalning ilk uchrashuvlari 25-26 avgust kunlari o'tkazilsa, javob bahslari 15-16 sentyabr kunlariga belgilangan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com