OFK kubogi. Fomin jamoasi durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
5 apr 2017
OFK kubogi 4-turidan o'rin olgan bahslar bo'lib o'tdi.

Ummoning "Saham" klubi o'z uyida Iordaniyaning "Al Vihdat" klubini qabul qilib 1:1 hisobidagi durang o'ynadi.

Maksimilian Fomin uchrashuvda mezbonlar safida to'liq o'ynadi. "Saham" 4ta o'yindan 4 ochko to'plab guruhda uchinchi o'rinda bormoqda.

Guruhda "Al Vihdat" 8 ochko bilan birinchi, Bahraynning "Al Muharraq" klubi 7 ochko bilan ikkinchi va Livanning "Najma" klubi 3 ochko bilan to'rtinchi o'rinda bormoqda.

"Saham" - "Al Vihdat" 1:1
Gollar:
Jildemar 28 - Faysal 84



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia