OFK Kubogi-2022. Dastlabki finalchining nomi ma'lum

Eldor Akmurzayev
5 okt 2022, 09:10
OFK Kubogi G'arbiy zonasi finalida Ummonning “Al Sib” hamda Bahraynning “Al Riffa” jamoalari o'zaro to'qnash keldi.

Mazkur bahsda “Al Sib” yirik (4:0) hisobda g'alabaga erishib, musobaqaning hal qiluvchi bahsiga yo'llanma oldi. Uchrashuvda barcha gollar ikkinchi taymda urildi va bahraynliklar futbolchisi Muhammad Marxun 76-daqiqada penaltini aniq amalga oshira olmadi.

OFK Kubogi-2022. G'arbiy zona finali

“Al Sib” (Ummon) – “Al Riffa” (Bahrayn)

“Sib” stadioni

Gollar: Al Maqbuli 47, Al Siyobi 62, Al Yahyoi 79, Dauda 90+2

Amalga oshirilmagan penalti: Marxun 76

Eslatib o'tamiz, “Al Sib”ga finalda “So'g'diyona” – “Kuala Lumpur Siti” uchrashuvida muvaffaqiyat qozongan jamoa raqiblik qiladi. Hal qiluvchi uchrashuv 22 oktyabrga belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia