OFK kubogi-2021. Yazguli Xojageldiev: "Bor e'tiborimiz "Xo'jand" bilan uchrashuvga qaratilgan"

Narzulla Saydullayev
13 may 2021, 15:05
OFK kubogi guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan "Xo'jand" - "Oltin Asr" uchrashuvidan oldin matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanning birinchi qismida "Oltin Asr" bosh murabbiyi Yazguli Xojageldiev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Birinchi o'yin har doim qiyin bo'ladi. Guruhda oddiy jamoalar yig'ilmagan. Imkoniyatimiz darajasidan kelib chiqib guruhdan chiqishga urinib ko'ramiz", - deydi murabbiy.

- Jamoaning ushbu turnirga tayyorgarligi qanday bo'ldi? Avvalroq "Oltin asr"ning musobaqaga kelmasligi haqida xabarlar chiqqandi. Bu ertangi o'yinga qay darajada ta’sir qiladi?
- Biz bunga ko'p ham e'tibor berayotganimiz yo'q. Biz oxirigi pallagacha tayyorgarlik ko'rgandik. Hozirda butun dunyoda pandemik vaziyat xukumron. Bor e'tiborimiz OFK kubogi bahslariga qaratilgan.

- Klub jamoaning oldiga qanday maqsad qo'ygan?
- Maqsad har bir o'yinga munosib tayyorgarlik ko'rish va g'alaba qozonish. Qolganini vaqt ko'rsatadi. Birinchi o'rinda ertangi o'yinni o'ylashimiz zarur.

- Turkmaniston chempionati hali start olmagan. O'yin amaliyoti bilan bog'liq muammolar to'sqinlik qilmayaptimi?
- O'yin  amaliyotini ushlab turish uchun nazorat uchrashuvlarida maydonga tushdik.



 


Eslatib o'tamiz, "Oltin Asr" - "Xo'jand" uchrashuvi 14 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:05da boshlanadi. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia