OFK kubogi-2021. Bugun "Nasaf" Markaziy Osiyo mintaqasi finalida o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
25 avg 2021
Bugun OFK kubogining Markaziy Osiyo mintaqasida final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Unda O'zbekistonning "Nasaf" klubi Turkmanistonning "Ahal" klubi bilan to'qnash keladi. Uchrashuv Qarshidagi "Markaziy" stadionda o'tkaziladi. Bahs soat 20:00da boshlanadi va stadionga tomoshabinlar kiritilmaydi.

Kecha har ikkala jamoa bosh murabbiylari o'yinoldi matbuot anjumanida qatnashishdi.

Ro'ziqul Berdiev: "Superligadagi natijalarimiz ertaga futbolchilarning kayfiyatiga ta’sir qilmaydi"        

"Qarshiga shunchaki kelganimiz yo'q". "Ahal" bosh murabbiyi Begench Garaev ishtirokidagi matbuot anjumani        


Kechki payt esa jamoalar o'yinoldi rasmiy mashg'ulotni o'tkazishdi.

Foto. OFK kubogi-2021. "Nasaf"ning o'yinoldi rasmiy mashg'ulotidan GALEREYA         

Foto. OFK kubogi-2021. "Ahal"ning "Nasaf"ga qarshi o'yinoldi rasmiy mashg'ulotidan GALEREYA        


“Nasaf” (O'zbekiston) – “Ahal” (Turkmaniston)
25 avgust 2021 yil. Qarshi. "Markaziy" stadion. 20:00 (UzReport TV)
Bosh hakam:
Muhammad Xolid Al Hoish (Saudiya Arabistoni)
Qanot hakamlari: Abdulrahim Habib Alshammari (Saudiya Arabistoni), Yosir Abdulla Alsulton (Saudiya Arabistoni).
Zaxira hakami: Xolid Solih Alturais (Saudiya Arabistoni)
Nazoratchi: Hussain G'adanferi (Quvayt)
Tibbiy va infekciya nazorati oficeri: Farrux Avezov (Tojikiston)
Komissar: Davlatmand Islomov (Tojikiston).
Mahalliy koordinatorlar: Jahongir Rahmatullaev, Zoxirjon Akramxonov.


"Nasaf"ning turkman klublariga qarshi statistikasini bilasizmi?        





Ushbu bahs g'olibi Inter Zonal yarim finalga chiqadi va Hindistonning "Mohun Bagan" klubi bilan o'z maydonida o'ynaydi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia