OFK bu yilgi taqdirlash marosimini bekor qildi

Xayrulla Xoliqov
17 iyun 2020, 18:21
OFK Qatar futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda eng yaxshilarni taqdirlash marosimini o'tkazishni maqsad qilgandi.

Biroq koronavirus pandemiyasi tufayli bu yil ushbu marosim o'tkazilmaydigan bo'ldi. OFK Ijroiya qo'mitasi bir qator izlanishlardan so'ng yakunda shunday qarorga keldi. 

Bu haqda tashkilot prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa shunday dedi: 

"COVID-19 pandemiyasi hammamiz uchun jiddiy zarba bo'ldi. Koronavirus sportga, xususan futbolga salbiy ta’sir o'tkazmasdan qolmadi. Biz koronavirus tufayli dunyodan o'tganlar oila a'zolariga hamdardlik bildirish maqsadida taqdirlash marosimini o'tkazmaslikni lozim topdik. Qatar futbol assotsiatsiyasiga bu borada o'zaro hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirib qolamiz. Yakuniy to'xtamga kelish oson bo'lmadi, ammo hozirgi vaziyatda shunday yo'l tutishga majburmiz".

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com