OFK "Al Hilol" va "Al Ittihod"ni jarimaga tortdi

Xayrulla Xoliqov
14 dek 2019
OFK Tartib-intizom qo'mitasining qarori e'lon qilindi.

Xabaringiz bor, Saudiya Arabistonida o'tgan U-19 Osiyo chempionatiga saralashdan o'rin olgan Saudiya Arabistoni - O'zbekiston uchrashuvida yuzaga kelgan vaziyat sabab OFK O'zbekiston futbol assotsiatsiyasiga qattiq ogohlantirish berdi. Bunga sabab o'yindan keyin yuzaga kelgan tortishuv bo'ldi. 

Bundan tashqari mazkur bellashuvada 7 nafar futbolchimiz hakam tomonidan sariq kartochka olgani bois OFK O'FAni 2,730 AQSH dollari miqdorida jarimaga tortdi. Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga binoan Eron futbol federatsiyasi bilan Saudiya Arabistonining ikki klubi ham jarimaga tortilgan. 

Musobaqa: U-16 Osiyo chempionatiga saralash 

O'yin: Eron - Maldiv (18 sentyabr)

Ko'rilgan masala: Muxlislar o'yin paytida maydonga idish va turli buyumlar otgani uchun

Jazoga tortildi: Eron futbol federatsiyasi 3,000 AQSH dollari miqdorida jarimaga tortildi


Musobaqa: Osiyo chempionlar ligasi-2019

O'yin: "Al Hilol" - "Al Ittihod" (17 sentyabr)

Ko'rilgan masala: O'yinda janjal chiqarishga harakat qilgani uchun

Jazoga tortildi: "Al Hilol" va "Al Ittihod" klublarining har biri 3,000 AQSH dollari miqdorida jarimaga tortildi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com