

O'zbekiston terma jamoasiga kim bosh murabbiy bo'ladi? O'FF yaqinda muzokara olib borilayotgan 9 nafar xorijiy murabbiylar nomini e'lon qilgan edi. Ma'lum bo'lishicha, ular safiga yana bir chet ellik taniqli murabbiy qo'shilgan. Yani O'FF hozirda 10 nafar murabbiy bilan muzokara olib bormoqda. Bu haqda saytimizga O'FF vice-prezidenti Shoakram Isroilov ma'lum qildi.
Yaqin vaqt ichida uning kimligi ma'lum qilinadi. Katta ehtimol bilan aynan mana shu murabbiy terma jamoamizni qabul qilib olishi kutilmoqda.



