O'FF taqdirlash marosimidan FOTOGALEREYA

Narzulla Saydullayev
6 mar 2015, 16:08
Bugun O'FF 2014 yilning eng yaxshilarini taqdirladi.
Quyida ushbu tadbir fotogalereyasini tomosha qiling.

O'FF ko'krak nishoni bilan taqdirlanganlar:
Sirojiddinov Fazliddin - O'zbekiston futzal uyushmasi prezidenti;
Usmonov Jahongir Mirabrorovich - O'zbekiston Futzal uyushmasi vice-prezidenti;
Dmitriy Kim - "Andijon" ayollar klubi bosh murabbiyi;
Gali Imomov - futbol faxriysi, sobiq futbol hakami;
Abdualiev Habibulla - futbol faxriysi

Ko'krak nishonini O'zbekiston Futbol Federatsiyasi birinchi vice-prezidenti Sardor Rahmatullaev va Professional futbol ligasining bosh direktori Farhod Magametovlar taqib qo'yishdi.



So'ngra boshlovchi qariyalarni ezozlash yili haqida gapirib, sahnaga O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Futbol Faxriylari Kengashi raisi Narimon Jalolovni taklif etdi. Jalolovga O'zbekiston Futbol Federatsiyasining tashakkurnomasi topshirildi.



Shundan keyin 2014 yil laureatlarini taqdirlash marosimi boshlandi. 12 ta nominaciya bo'yicha g'oliblar taqdirlandi.

"Feyr-pley" sovrini - "Olmaliq" klubi



"Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi" - Islom Kenjaboev (Navoiy viloyati)



"O'zbekistonning eng yaxshi yosh bolalar murabbiyi" - Temur Olimxo'jaev



"Yilning eng yaxshi futzalchisi" - Artur Yunusov, O'zbekiston terma jamoasi a'zosi, Osiyo chempionati bronza medali sohibi



"Yilning eng yaxshi hakami" - Ravshan Ermatov, Osiyoning besh karra eng yaxshi hakami



"Yilning eng yaxshi laynsmeni" - Abduhamidullo Rasulov, FIFA referisi assistenti



"O'zbekiston chempionatining eng yaxshi to'purari" - Artur Gevorkyan. (Sovrinni "Nasaf" bosh menejeri Shamil Yarulin qabul qilib oldi)



"O'zbekiston chempionatining eng yaxshi murabbiyi va O'zbekistonning eng yaxshi murabbiyi" - Samvel Babayan



O'zbekistonning 2014 yildagi eng yaxshi ayol futbolchisi - Zebo Jo'raeva, "Sevinch" (Qarshi)



"O'zbekiston chempionatining eng yaxshi futbolchisi" - Jamshid Iskanderov ("Paxtakor" yarim himoyachisi)



“O'zbekistonning 2014 yildagi eng yaxshi futbolchisi”– Odil Ahmedov (“Krasnodar” (Rossiya) yarim himoyachisi) (Sovrinni uning akasi Yoqub Ahmedov oldi)




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia