

Dastavval, O'zbekiston futbol federatsiyasi rahbariyati Jizzax futbol federatsiyasi prezidenti, Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliev bilan uchrashib, viloyatda futbolni ommaviylashtirish va rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida suhbatlashishdi.
Keyin Umid Ahmadjonov boshchiligidagi ishchi guruh "So'g'diyona" PFK stadioniga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Stadionda mashg'ulot olib borayotgan Yangi mavsumda klublar oldiga qo'yiladigan talabalarda bolalar futbolini rivojlantirishga katta ahamiyat qaratilgan bo'lib, har bir klub qoshidagi turli yoshdagi bolalar guruhlari ishtirokida Respublika birinchiliklari o'tkazish ko'zda tutilgandi.
Umid Ahmadjonov Jizzax viloyat futbol federatsiyasi prezidenti Ergash Soliev va "So'g'diyona" PFK prezidenti O'ktam Mahmudjonov bilan birgalikda klub qoshida mashg'ulot olib borayotgan bolalar guruhlari a'zolari bilan suhbatlashib, ularga yaratilgan zarur shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. So'ngra bolalar guruhlariga sovg'a sifatida to'plar taqdim qilindi.
Shuningdek, O'zbekiston Futbol federatsiyasi prezidenti "So'g'diyona" PFK qoshidagi ayollar jamoasi va a'zolari bilan ham uchrashib, ularning mashg'ulotlari bilan yaqindan tanishdi. So'ngra ularga ham to'plar sovg'a qilindi.

Keyin Umid Ahmadjonov boshchiligidagi ishchi guruh "So'g'diyona" PFK qoshidagi mini-futbol jamoasi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mashg'ulot va o'yinlar o'tkaziladigan zallar, suzish havzasi joylashgan sport inshooti bilan tanishdi.
Shundan so'nga, "So'g'diyona" PFK qoshida tashkil etiladigan akademiya uchun ajratilgan erga borib, u yerdagi holatni ko'zdan kechirdi. Klub rahbariyati tez orada bu yerda muhtasham futbol akademiyasi qad rostlashi haqida aytib o'tishdi.
Keyin esa O'FF vakillari "So'g'diyona" PFK sport bazasiga tashrif buyurishdi. U yerda bosh murabbiyi Aleksandr Mochiniov boshchiligida mashg'ulot olib borayotgan jamoa a'zolari bilan suhbat qurildi. Mashg'ulotlar kuniga necha mahal, qay tartibda olib borilayotgani Aleksandr Mochinov tomonidan O'FF rahbariyatiga ma'lumot berildi.

Kunning ikkinchi qismida Umid Ahmadjonov Jizzax viloyati futbol federatsiyasi xodimlari ishtirokida yig'ilish o'tkazdi. Yig'ilishda viloyat futbol federatsiyasining faoliyati tanqidiy tahlil qilindi. O'FF prezidenti tomonidan Jizzax FFdagi kadrlar masalasini qayta ko'rib chiqish alohida topshiriq sifatida berildi. Shuningdek, yil davomida bolalar musobaqalarini ko'proq tashkil qilish zarurligi uqtirildi. Viloyatdagi futbol maktablari va futbol internatlari faoliyatini jiddiy nazoratga olish, u yerdagi murabbiylar saviyasini alohida baholab borish, futbolchilarni qabul qilish jarayonida O'FF vakillari ishtirokini taminlash borasida zarur ko'rsatmalar berildi.

Umid Ahmadjonov bilan birgalikda ishchi guruh tarkibida Jizzaxga tashrif buyurgan O'zbekiston futbol federatsiyasi boshqarma boshliqlari viloyat FFdagi ishlarni tartibga keltirish borasida zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun yordam berishlari ta'kidlab o'tildi.
Shu bilan Jizzax viloyati FFga uyushtirilgan safar nihoyasiga etdi. Qayd etish kerakki, shaxsan O'FF prezidenti tomonidan bunday safarlar boshqa viloyatlarga ham uyushtirilib, joylardagi holatlarni o'rganish rejalashtirilgan.




