O'FF Oybek Qilichevni kechiradimi?

Narzulla Saydullayev
8 yanv 2018, 02:05
"Navbahor" klubi o'zining poytaxtdagi yig'inini davom ettirmoqda.

O'tgan mavsumda O'FF tomonidan bir yilga futboldan chetlatilgan Oybek Qilichev "Navbahor"ning dastlabki mashg'ulotida ishtirok etdi.

lochinlar.uz sayti xabariga ko'ra, Qilichev va "Navbahor" O'FFga diskvalifikaciya borasida murojaat qilib, kechirim so'rashgan. Yaqin kunlarda federatsiya Qilichevning taqdiriga oydinlik kiritadi. Katta ehtimol bilan Oybek avf etiladi va "Navbahor"da o'ynashda davom etadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston chempionatining 25-turi doirasida “Qo'qon-1912” (Qo'qon) – “Navbahor” (Namangan) o'yinida “Navbahor” futbolchisi Oybek Qilichev raqibga nisbatan keskin harakat qilgandi.

Shu bois O'FF Ijroiya Qo'mitasi Byurosi Oybek Qilichevga 10 million so'm jarima tayinlab, uni 1 yil muddatga futbolchilik faoliyatidan chetlatilgandi.  

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia