O'FF Kubogi musobaqasini selekcionerlar kuzatib bormoqda

Narzulla Saydullayev
14 dek 2017, 10:33
Avval xabar berilganidek, shu kunlarda O'zbekiston Futbol Federatsiyasining sun'iy qoplamali maydonida 2001 yilda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Kubogi musobaqasi bo'lib o'tmoqda.

Musobaqada jami 8ta jamoa (“Lokomotiv”, “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Spartak”, “Nasaf”, “Mashal”, “Andijon” FMI, “Neftchi") ikki guruhga bo'lingan holda qatnashyapti.

O'FF Kubogi musobaqasini o'tkazishdan asosiy maqsad yangi tashkil etiladigan O'zbekiston U-19 terma jamoasi uchun nomzodlarni saralab olishdan iborat bo'lib, O'FF Texnik rivojlantirish boshqarmasi selekcionerlari Shukrullo Ashirov, Akmal Qoraboev va Botir Karimjonovlar turnirni diqqat bilan kuzatib borishmoqda.

Ular musobaqa davomida o'zini yaxshi tomonlama ko'rsatishga muvaffaq bo'lgan yosh futbolchilarni tanlab olib, murabbiylar shtabiga tavsiya etishadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com