O'FA Ijroqo'm yig'ilishi bo'lib o'tdi, Ermatov Ahmadjonovning o'rnini egalladi

Narzulla Saydullayev
14 iyun 2019, 19:35
Ayni paytda O'FA binosida yig'ilish boshlanmoqda.

Ushbu sahifada tadbirning voqealarini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH


- O'FA binosiga Superliga klublari rahbarlari, murabbiylari, viloyat futbol Assotsiatsiyalari rahbarlari yig'ilishgan.



- Eski rahbariyat bugungi yig'ilishga jurnalistlarni kiritmayotgan edi. Biroq yangi rahbariyat tashabbusi bilan jurnalistlar O'FA binosiga kiritildi. Bu haqda voqea joyidan championat.asia muxbiri xabar berdi.




- Vadim Abramov, Asqar Tolibjonov, Samvel Babayan, Ahrol Inoyatov, Murod Aliev kabi futbol kishilari shu yerda. 

- Sport vaziri Dilmurod Nabiev, uning o'rinbosari Oybek Kasimov, sobiq sport vaziri Rustam Qurbonov O'FA binosiga kelishdi. 

- FIFA hakami Ravshan Ermatov ham shu yerda. U O'FA vice-prezidenti bo'lishi kutilmoqda. 



- DIQQAT! Majlislar zaliga MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonov, Dilmurod Nabiev va Ravshan Ermatov kirib kelishdi. Yig'ilish boshlandi. 

- O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov ham shu yerda. 

RASMIY XABAR. Ravshan Ermatov - O'FA Birinchi vice-prezidenti         

FIFA hakami Ravshan Ermatov O'FA Birinchi vice-prezidenti etib saylandi.

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o'rinbosari polkovnik Jo'raev Muhiddin O'tkirovich esa O'FA vice-prezidenti sifatida saylandi. 






O'FA bosh kotibi Sardor Rahmatullaev o'z arizasiga ko'ra lavozimini tark etdi. Uning o'rniga Avaz Maksumov O'FA bosh kotibi etib tayinlandi. 

15 iyul kuni O'FA hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tadi. Unda O'FAga yangi prezident saylanadi. 



"Yuksak ishonch uchun muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev va sizlarga katta minnatdorchiligimni bildiraman. Qolaversa turli yillarda futbolimiz ravnaqiga o'z xissasini qo'shgan, futbolimiz rahbarlari va mutaxassislariga futbol jamoatchiligi va o'z nomimdan katta rahmat aytaman. Ochig'i bu yerda turishdan ko'ra futbol maydonida turish qulayroqdek tuyulmoqda (kuladi). Lekin futbolimiz oldida turgan og'ir, jiddiy va mas'uliyatli vazifalarni bilib turib, bir chekkada tomoshabin bo'lib turish, ona vatanimni sevishim, futbolni yaxshi ko'rishim va vijdonimga aslo to'g'ri kelmaydi. Albatta futbol bu jamoaviy o'yin. Agarda barchamiz birlashib, ahil bo'lib, faxriylarimiz duosini olib, mutaxassislarimiz, muxlislarimiz, hammamiz halollik bilan adolat bilan yondoshib, borimizni berib, yagona maqsad yo'lida futbolga xizmat qilsak ishonchim komilki har qanday qiyinchiliklarni engib o'tamiz", - deydi O'FA Birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov. 





O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia