O'FAda 14-16 may kunlari futbol akademiyalari direktorligiga nomzodlar bilan suhbatlar uyushtiriladi

Tolibjon Qosimov
11 may 2018, 18:27
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 martdagi PQ-3610-sonli “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori bandlariga asosan, respublikamizda bolalar va o'smirlar futbol akademiyalarini tashkil etish yuzasidan O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Yangi tashkil etilayotgan bolalar va o'smirlar futbol akademiyalariga yosh avlod o'rtasida futbolga bo'lgan ishtiyoqni oshirish, professional futbolchilarni bosqichma-bosqich tayyorlash va O'zbekiston milliy terma jamoalariga hamda professional futbol klublariga nomzodlarni etkazib berish, o'zbek futbolini yangi bosqichga olib chiqish vazifalari yuklatilgan.

14-16 may kunlari O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasining majlislar zalida hududiy futbol akademiyalarining direktorlik lavozimlariga nomzodlar bilan suhbatlar tashkil qilinadi. Suhbat davomida akademiyalarning ish faoliyatini tashkil etish bo'yicha rejalar, professional futbolchilarni yetishtirish borasidagi amalga oshirilishi kutilayotgan yangi chora-tadbirlar, futbol akademiyalarida tatbiq qilinadigan yangi o'qitish tizimlari muhokama qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com