O'FA Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i OFKning Rivojlantirish qo'mitasi yig'ilishida qatnashdi + FOTO

Tolibjon Qosimov
19 mar 2018, 12:18
Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda joylashgan OFK shtab-kvartirasida OFKning Rivojlantirish qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Ushbu qo'mitaga Osiyoning 15ta futbol assotsiatsiyasi vakillari a'zo hisoblanib, ular orasida O'FA Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i Diyor Isametdinov ham bor.

Yig'ilishda Osiyoda futbolni rivojlantirish va ommalashtirish, Osiyo mamlakatlarida futbol infratuzilmasini yaxshilash, turli loyihalar asosida futbol maydonlarini barpo etish kabi masalalar muhokama qilinadi.

Qo'mita a'zolari kun tartibidagi masalalar bo'yicha o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tishadi va shu asosida tegishli qarorlar qabul qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com