O'FA vakillari Namanganga tashrif buyurishdi

Narzulla Saydullayev
25 iyun 2020
Tashrifning dastlabki qismida Namangan shahridagi “Markaziy” o'yingohning anjumanlar zalida viloyatdagi tuman va shaharlardagi futbol maktablari murabbiylari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi PF-5887-sonli “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoni ijrosini amalda bajarilishini monitoring qilish hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 maydagi 311-sonli “Hududiy futbol assotsiatsiyalari faoliyatini yanada qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori ijrosini taminlash va mavjud kamchiliklarni aniqlash hamda bartaraf etish, sportning futbol turini yurtimizda yuqori bosqichga olib chiqish maqsadida, bugun O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining Baxtiyor Shirinov, Mamur Saidqosimov va Mamur Sultanovlardan iborat ishchi guruhi Namangan viloyatiga tashrif buyurdi.

Tashrifning dastlabki qismida Namangan shahridagi “Markaziy” o'yingohning anjumanlar zalida viloyatdagi tuman va shaharlardagi futbol maktablari murabbiylari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.

Unda Namangan viloyat futbol assotsiatsiyasi birinchi vice-prezidenti Shuhrat Mirxoldirshaev hamda O'FA vakillari ham ishtirok etishdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz