

Respublikamizning barcha hududlari bo'ylab bolalar va o'smirlar futbol akademiyalariga 2 bosqichdan iborat 4ta yo'nalish bo'yicha imtihonlar topshirishdi. Sinov jarayonlari shaffof tarzda o'tishini taminlash maqsadida O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi vakillari nazorati o'rnatilib, jarayonlar videotasvirga olindi va OAV vakillari tomonidan qabul jarayonlari kuzatib borildi.
Bugun O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining anjumanlar zalida hududiy bolalar va o'smirlar futbol akademiyalarining direktorlari hamda texnik direktorlari ishtirokida seminar-yig'ilish boshlandi. Ushbu seminarning birinchi kunida akademiyalar direktorlarining qabul imtixonlariga oid hisobotlari tinglansa, ikkinchi kunda direktorlarga o'quv ishlarini tashkil etish bilan bog'liq masalalar yuzasidan ma'lumotlar berilib, boshlanayotgan o'quv yili uchun o'quv dasturlari bilan tanishtiriladi.



