

"Qozog'iston terma jamoasi bilan noyabrda o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazish bo'yicha muzokaralar olib borilgan edi, ammo o'yin o'tkaziladigan stadion masalasida kelisha olmadik. O'ylaymanki, bu faqat vaqt masalasi. Qozog'iston futbol federatsiyasi rahbari o'yin haqida oldindan gapirib yuborgani sababli uchrashuv bekor qilindi degan xabarlar umuman haqiqatga to'g'ri emas. Katta ehtimol, Qozog'istonda mahalliy jurnalistlar bilan aloqasi bo'lgan inson noto'g'ri ma'lumot tarqatgan.
Umuman olganda, Qozog'iston bilan aloqalarimiz yaxshi. Misol uchun, ayni damda UEFA Assist loyihasi ustida birga ish olib bormoqdamiz," - deya yozmoqda Sherzod Igamberdiev ijtimoiy tarmoqdagi sahifalaridan birida.




