O'FA rahbariyati O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi bilan uchrashdi

Omonjon To`xtamirzayev
14 may 2024, 17:28
O'FA rahbariyati Tailandda bo'lib o'tgan futzal bo'yicha Osiyo kubogida 3-o'rinni qo'lga kiritgan O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi bilan uchrashdi.

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov futzalchilarimizga ushbu turnirdagi ishtiroki uchun minnatdorchilik bildirib, Jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik ko'rish lozim ekanini ta'kidladi.

O'z navbatida, jamoa yordamchi murabbiyi Bahodir Ahmedov va jamoa sardori Dilshod rahmatov O'FAga e'tibor va tayyorgarlik yo'lida yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirdi.

 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: UFA