O'FA ishchi guruhi Andijon viloyatida bo'ldi

Tolibjon Qosimov
24 iyun 2020
O'zbekiston futbol assosiaciyasi ishchi guruh xodimlari kecha Andijon viloyatidagi barcha tuman va shaharlardagi kamchilik va qilinadigan ishlar yuzasidan tanishib chiqishdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi PF-5887-sonli "O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni ijrosini amalda bajarilishini monitoring qilish hamda Vazirlar mahkamasining 2020 yil 22 maydagi 311-sonli "Xududiy futbol assotsiatsiyalari faoliyatini yanada qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori ijrosini taminlash va mavjud kamchiliklarni aniqlash hamda bartaraf etish, sportning futbol turini Respublikamizda yuqori bosqichga olib chiqish maqsadida kecha O'zbekiston futbol assosiaciyasi ishchi guruh xodimlari Andijon viloyatidagi barcha shahar va tumanlarda bo'lishdi.

Andijon viloyati terma jamoalari uchun qarorgoh sifatida rejalashtirilgan Oltinko'l tumani o'yingohi.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: t.me/andijonfutbolasatsatsiyasi