O'FA Futbol bo'yicha U-23 Osiyo kubogi saralash o'yinlari Toshkentda o'tkazilishini tasdiqladi

Narzulla Saydullayev
19 okt 2021, 09:50
U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichining “D” guruhidan o'rin olgan o'yinlar O'zbekiston maydonlarida o'tkaziladi.

Ayrim sabablarga ko'ra, Kuvayt mazkur bosqich uchrashuvlariga mezbonlik qila olmasligi ma'lum bo'ldi. Shu sababli OFK saralash o'yinlarini mamlakatimizda o'tkazilishini tasdiqladi.

Ma'lumot o'rnida, “D” guruhidan O'zbekiston, Saudiya Arabistoni, Bangladesh va Kuvayt terma jamoalarini joy olgan. Uchrashuvlar joriy yilning 27 oktyabrdan 2 noyabrga qadar o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Musobaqaning final bosqichi yurtimizda bo'lib o'tadi, shu sababli vakillarimizning saralash bahslaridagi ishtiroki tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz