Odil Hamrobekov va O'tkir Yusupov O'zbekiston terma jamoasining yig'iniga kelib qo'shildi

Iskandarov Abdulaziz
28 avg 2025, 18:49
MTJda nima gaplar?

Ayni paytda Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi O'mon bilan uchrashuvga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. 

Terma jamoa lageriga bugun Erondagi legionerlarimiz O'tkir Yusupov, Odil Hamrobekov kelib qo'shildi. Jarohatini tiklayotgan Rustam Ashurmatov ham terma jamoa ixtiyorida individual tarzda shug'ullanmoqda. 

Abbos Fayzullaev, Eldor Shomurodov, Abduqodir Husanov, Husniddin Aliqulov, Aziz G'aniev, Akmal Mozgovoy endi yetib keladi. 

Ma'lumot uchun, O'mon bilan o'yin 30 avgust kuni "Olimpiya" stadionida 19:30da start oladi. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia