Odil Hamrobekov: "Qatar amaldagi chempion va mezbon, lekin..."

Narzulla Saydullayev
2 fev 2024
Ayni paytda Osiyo kubogi chorak finali doirasidagi Qatar - O'zbekiston uchrashuvidan oldingi matbuot anjumani bo'lib o'tmoqda.

Bosh murabbiyga hamrohlik qilgan Odil Hamrobekov Qatar bilan o'yindan oldin o'z fikrini bildirdi.

"Navbatdagi o'yinni amaldagi chempion, mezbon Qatarga qarshi o'tkazamiz. Bu jamoada iqtidorli va tajribali futbolchilar bor. Shu bilan birga biz ham o'yinga tayyormiz.

Qatarga qarshi bahsda stadion to'la bo'lsa ikkala jamoaga yaxshi bo'ladi. To'g'ri ertaga mezbon muxlislari ko'p bo'ladi, ammo biz oldimizga qo'yilgan maqsadimiz bor va diqqatimiz shunga jamlaymiz", - dedi Odil Hamrobekov.

Matbuot anjumani to'liq holda tez orada saytimizda chop etiladi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia