

- Bugungi o'yin men uchun juda ahamiyatli edi. Negaki uzoq tanaffusdan so'ng bugun birinchi marotaba asosiy tarkibda maydonga tushdim. Og'ir damlarimda qo'llab quvvatlab, yana safga qaytishimga sababchi bo'lgan klub rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman. O'ylaymanki ularning ishonchini oqladim. Muhim damlarda bir-birini qo'llab quvvatlash jamoani bir butun oilaga aylantirdi. O'yinga kelsak, bahs juda og'ir bo'ldi. G'alabadan xursandmiz. Uzoq yo'l bosib, bizni qo'llash uchun kelgan muxlislarga rahmat aytaman, - deydi Odil Hamrobekov.
“Buxoro” PFK Matbuot xizmati.




