Odil Ahmedovni tabriklaymiz!

Tolibjon Qosimov
16 iyul 2016, 10:27
O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori va "Krasnodar" klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov xonadonida bugun quvonchli kun.

Odil Ahmedov qiz farzandli bo'ldi, Ahmedovlar oilasida ikki o'g'ildan so'ng qizaloq dunyoga keldi.

Saytimiz ijodkorlari va barcha futbol muxlislari nomidan terma jamoamiz faxrini muborakbod etib qolamiz. Qizaloq ota-onasiga munosib, soliha farzand bo'lishini tilab qolamiz!

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia