Odil Ahmedov jamoasiga yana bir yarim himoyachi kelyapti

Narzulla Saydullayev
3 iyul 2014, 18:11
Tajribali yarim himoyachi Marat Izmaylov yaqin kunlarda “Krasnodar” safiga kelib qo'shiladi.
Bu haqida Portugaliya matbuotida xabarlar chop etildi. Izmaylovning transfer huquqi “Portu” klubiga tegishli bo'lib, Rossiya jamoasida ijara asosida to'p tepadi.

Takidlash joiz, Maratning so'nggi jamoasi rossiyalik mutaxassis Yuriy Syomin bosh murabbiyligidagi Ozarbayjonning “Gabala” klubi bo'lgan edi. Ma'lumotlarga ko'ra, tez kunda Izmaylovning “Krasnodar”ga o'tishi rasman e'lon qilinadi.

Eslatib o'tamiz, bundan bir muddat avval hamyurtimiz Odil Ahmedov “Krasnodar” futbolchisiga aylangan va xatto o'rtoqlik uchrashuvida yangi jamoasi tarkibidagi ilk golini ham kiritishga muvaffaq bo'lgan edi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com