Odil Ahmedov muxlislari bilan uchrashdi

Aziz Tukhtamuradov
12 dek 2017, 16:42
Namangan shahridagi 12-umumtalim maktabida futbol bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Odil Ahmedov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Maktab yoshlarining ko'pchiligi darsdan tashqari to'garaklarda futbol bilan muntazam shug'ullanadi. Yaqinda o'tkazilgan Umid nihollari sport musobaqasining shahar bosqichida talim maskani jamoasi birinchi o'rinni qo'lga kiritib, viloyat bosqichiga yo'llanma oldi.

Odil Ahmedov o'quvchilarga o'zining futbolga kirib kelishi, murabbiylari, terma jamoamiz, milliy chempionatimiz haqidagi fiklari, shuningdek, o'zi tashkil etgan futbol akademiyasi xususida so'zlab berdi. Futbolning chinakam muxlislari ushbu uchrashuvdan katta tassurot oldi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UzA