Odil Ahmedov. Haqiqiy inson haqida

Narzulla Saydullayev
19 avg 2013, 20:43
Ushbu maqolani Rossiyaning sport.ru sayti vakili Dmitriy Voloshin yozgan. Uni o'zbek tilida o'quvchilarimizga taqdim etamiz.
"Anji"ni bir qator futbolchilar tark etib bo'lishdi, yana bir qator o'yinchilar esa yaqin kelajakda klubdan ketmoqchi. Ammo qiyin vaqtda klubga sadoqatini namoyish etayotganlar ham bor. Mana shu vaziyatda Odil Ahmedov qanday tutgani haqida to'xtalib o'tamiz…

Odil Ahmedovning agenti quyidagilarni aytib o'tdi: "Klubdagi o'zgarishlardan so'ng Odilga Rossiya Premer-Ligasi va Osiyoning yetakchi klublaridan taklif tushdi. Ammo Odil "Anji" klubiga va klub xo'jayini Suleyman Kerimovga bo'lgan xurmati bois shu yerda qolishga jiddiy axd qilgan". Bunday gaplar "Anji"dagi voqealar oldida g'alati tuyulishi mumkin. Ammo hozir Ahmedovning bu qaroriga shubha qilmasa ham bo'ladi.

Ko'pincha futbolchilar klubga sodiq ekanini aytishadi. Ammo ularning gaplari fikrlariga to'g'ri kelmaydi, yakunda o'sha futbolchi boshqa klubga o'tsa muxlislar unga boshqacha nazar bilan qarashadi. Masalan, Samir Nasri bilan shunday vaziyat ro'y berdi. U dastlab "Arsenal"ga bo'lgan "muhabbati"ni aytgandi, so'ngra osonlik bilan Londondan moliyaviy tomondan qudratliroq bo'lgan Manchesterga ko'chib o'tdi. Bunday holatlar ko'plab sodir bo'lmoqda, ularni to'xtatish qiyin.

 O'zining gaplari va klubiga sodiq bo'lgan futbolchilar juda kam qoldi. 

"Anji"ga "Krasnodar" tomonidan Odil Ahmedovni sotib olish borasida taklif kelib bo'ldi. Transfer uchun taklif etilgan pul ham kichkina emas – 9 million evro. Ammo klub ham, futbolchi ham bunga rad javobini berishdi. Iyun oyida Ahmedovga Londonning "Arsenal" klubi qiziqqandi. Ammo futbolchi o'z intervyularida keskin gaplar aytmagandi: "Menga "Arsenal" qiziqayotgani rost. Agar bu klubga o'tsam nafaqat men uchun balki butun O'zbekiston futboli uchun yutuq bo'ladi. Albatta, "Anji"da o'ynashdan xursandman. Bu kelajagi bor klub, ammo o'zimni Angliya yoki Ispaniyada sinab ko'rishni istardim". "Paxtakor"da faoliyatini boshlagan Ahmedov uchun bu katta sharaf edi.

Sharqiy Yevropa klubidan dunyoning eng kuchli ligasida ishtirok etayotgan yetakchi klub safiga o'tgan futbolchini hech kim muhokama qilmaydi. Mana shu yozda Fernandino "Shaxtyor"dan "Manchester Siti"ga 40 million evroga o'tdi. Ukraina klubi bunday taklif oldida jim tura olmadi va futbolchini sotib yubordi. Fernandinoning o'zining aytishicha, transferga katta pullar sabab bo'lmagan ekan: "Agar men faqat puli va oson hayotni istaganimda, Ukrainada qolgan bo'lardim. Men Doneckda 8 yil o'ynadim, u yerda bir qator sovrinlar yutdim. Ammo o'z kuchimni "Siti"da sinab ko'rish imkoniyati paydo bo'ldi. Bu erga pul uchun emas katta sovrinlar uchun keldim". 

Ayni paytda Ahmedov ham Fernandinoning yurgan yo'lidan borishi mumkin. U klub qiyin davrni boshdan kechirayotgan payda unga sodiq qoldi va endi jamoada yetakchi bo'lishga urinadi. Agar u rivojlanishda davom etsa faoliyatini Yevropaning kuchli klublaridan birida davom ettirishi mumkin. Balki bu Angliya bo'lar, balki Ispaniya. Kim biladi? Bitta narsa aniq – hozirni o'zida Ahmedov o'zini nafaqat professional futbolchi, balki Inson ekanini ko'rsata oldi.

Narzulla Saydullaev tarjimasi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia