Odil Ahmedov 11 million evro evaziga "Krasnodar"ga o'tadi
Narzulla Saydullayev
23 dek 2013, 18:57
O'zbekiston terma jamoasi va Anji klubining 26 yoshli yarim himoyachisi Odil Ahmedov faoliyatini Krasnodarda davom ettiradi, deb xabar bermoqda Izvestiya nashri.
Futbolchi yanvar oyining dastlabki kunlaridayoq yangi klubiga ko'chib o'tadi. Bu vaqtda transfer oynasi ochiladi. Transfer taxminan 11 million evroga baholanmoqda.