OCHLda haftaning eng yaxshi futbolchisi e'lon qilindi

Xayrulla Xoliqov
20 sen 2019, 11:16
OFK rasmiy sayti OCHL 1/4 final javob o'yinlariga ko'ra haftaning eng yaxshi futbolchisini e'lon qildi.

Unga ko'ra, Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi yarim himoyachisi Salim Al Dovsari eng yaxshi futbolchi deb topildi. Ma'lumki, "Al Hilol" Saudiya derbisida "Al Ittihod"ni 3:1 hisobida mag'lub etib yarim finalga yo'l oldi. 

Ushbu o'yinda sheriklariga 43 marta to'p uzatgan Al Dovsari maydonda harakat qilgan eng yaxshi futbolchilardan biri bo'ldi. Bu borada ikkinchi o'rin "Al Sadd" yetakchisi Akram Afifga, uchinchi o'rin esa "Al Hilol"ning boshqa bir futbolchisi Andre Kariloga nasib etdi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com