OCHLda barchani lol qoldirgan "Istiqlol" klubi mashg'ulotidan eksklyuziv GALEREYA

Og'abek Samisov
22 may 2021, 11:33
OFK kubogini yoritish uchun Dushanbega borgan saytimiz xodimi Tolibjon Qosimov bo'sh kundan foydalanib kecha Tojikiston chempioni "Istiqlol" klubining mashg'ulotiga tashrif buyurdi.

Ayni paytda Tojikiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralashiga tayyorgarlik olib borayotgani bois "Istiqlol" safida faqat termaga chaqirilmagan o'yinchilar mashg'luot o'tkazishdi. 

Jarohati bor bo'lgan Alisher Jalilov va Ryota Nyoma individual mashg'ulot o'tkazishdi xolos. 

Jamoaning ikki asosiy posboni ham terma jamoada bo'lgani uchun yoshlar jamoasidan darvozabon mashg'ulotda ishtirok etdi. 

"Chempionlar ligasidagi og'ir o'yinlardan so'ng ichki chempionatda ham o'yinlar o'tkazdik. Futbolchilarimda og'ir davrdan keyin energiya qolmagandi. Shu sabab ularga 4 kunlik dam berdim. Mana bugun qisqa tanaffusdan keyin ilk mashg'ulotni o'tkazdik. O'yinchilar yuzida tabassumni ko'rdim", - deydi Vitaliy Levchenko. 

Tez orada saytimizda Vitaliy Levchenko bilan eksklyuziv intervyuni o'qishingiz mumkin bo'ladi. 

Quyida esa kechagi mashg'ulotdan fotogalereyani tomosha qilish mumkin: 

Fotogalereyani to'liq holda saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilish mumkin. FOTOGALEREYA

Tolibjon Qosimov

Dushanbe, Tojikiston


Og'abek SamisovMuallif
Manba: championat.asia