OCHL. Xavi shogirdlari 1/2 finalning ilk o'yinida yirik hisobda engilishdi

Eldor Akmurzayev
1 okt 2019, 22:30
Osiyo Chempionlar Ligasi yarim finali start oldi. Biroz oldin, Xavi murabbiyligidagi Al-Sadd (Qatar) jamoasi o'z maydonida Al-Hilolga (S.Arabistoni) yirik natija (1:4) bilan taslim bo'ldi.

O'yinda hisob saudiyaliklar forvardi Bafetimbi Gomisning avtogolidan so'ng ochildi. Keyin esa 1-taymning o'rtalarida Gomisning o'zi xatosini to'g'irlab, oradagi farqni tikladi. 35-daqiqada esa qatarliklar himoyachisi Abdulkarim Hasan qo'polligi uchun ikkinchi sariqni olib, maydondan chetlatildi. Taym oxirlarida Ali Al-Bulayxi hisobni 1:2 ko'rinishiga olib keldi. 2-bo'lim boshida bu safar  Al-Sadd a'zosi Salim al-Hajri o'z darvozasini ishg'ol etib qo'ydi – 1:3. 67-daqiqada Al-Hilol a'zosi Muhammad Ash-Shalxub bahsdagi yakuniy natijani (1:4) belgiladi. 

Eslatib o'tamiz, jamoalar o'rtasidagi javob bahsi 22 oktyabr kuni o'tkaziladi. 


O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia