OCHL. Xavi murabbiy sifatida ilk sinovdan muvaffaqiyatli o'tdi

Eldor Akmurzayev
13 avg 2019
Osiyo Chempionlar Ligasi G'arbiy mintaqadan o'rin olgan 1/8 finalning javob bahsida Al-Sadd 3:1 hisobida Ruy Fariya boshqaruvidagi Al-Duhailni taslim etib, ikki o'yin natijasiga ko'ra (4:2) keyingi bosqichga yo'l oldi.

Shu tariqa, Xavi guruh bosqichida Al-Saddni sardor sifatida keyingi bosqichga chiqishiga katta hissa qo'shgan bo'lsa, endi u murabbiylik kursisida klubni chorak finalga olib chiqdi.

P.S. Ayni daqiqalarda nimchorak finaldan o'rin olgan so'nggi javob bahsi Saudiya Arabistonining ikki jamoasi Al-Hilol hamda Al-Ahli o'rtasida bo'lib o'tmoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia