OCHL. Sherzod Karimov "Al Ayn"ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi

13 mar 2015, 16:28
Osiyo chempionlar ligasining 1-turida qizil kartochka olgan Sherzod Karimov navbatdagi bahsda ham maydonga tusha olmaydi.
OFK tartib-intizom qo'mitasi chiqargan qarorga ko'ra, "Naft Tehron" bilan o'yinda qizil kartochka olgan Sherzod Karimov ikkita uchrashuvda ishtirok eta olmaydigan bo'ldi. Yaxshi bilasiz, u 3 mart kuni o'tkazilgan "Al Shabab"ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yubordi.

18 mart kuni bo'lib o'tadigan "Al Ayn" bilan kechadigan bellashuv esa Sherzod uchun ikkinchisi hisoblanadi va yana maydonga tusha olmaydi.

Manba: championat.asia