OCHL. Sharq mintaqasi guruh o'yinlari qayerda bo'lib o'tishi ma'lum

Xayrulla Xoliqov
16 fev 2022, 21:57
Ma'lumki, bu yil ham Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqich bahslari markazlashgan tartibda o'tkaziladi.

Hozircha G'arb mintaqasi o'yinlari qayerda o'tkazilishi ma'lum emas. Lekin OFK sayti bugun Sharq mintaqasi guruh uchrashuvlariga mezbonlik qiluvchi mamlakatlar nomini e'lon qildi. 

Shunday qilib "F", "G" va "J" guruh uchrashuvlariga Tailand, "H guruhiga Vetnam va "I" guruhi bellashuvlariga Malayziya mezbonlik qiladi. 

Tailandda o'ynaydigan klublar

"F" guruhi: "Shandong Taishan" (Xitoy), "Urava Reds" (Yaponiya), "Lion Siti" (Singapur), pley-off g'olibi. 

"G" guruhi: Patum Yunayted (Tailand), "Chonnam Dragons" (J.Koreya), "Yunayted Siti" (Filippin), "Melburn Siti" (Avstraliya)

"J" guruhi: "Shanxay Port" (Xitoy), "Chiangray Yunayted" (Tailand), "Kitchi" (Gonkong), pley-off g'olibi. 

Vetnamda o'ynaydigan klublar

"H" guruhi: "Chonbuk Motors" (J.Koreya), "Yokogama Marinos" (Yaponiya), "Xoang An Gia" (Vetnam), pley-off g'olibi. 

Malayziyada o'ynaydigan klublar:

"I" guruhi: "Kavasaki Frontale" (Yaponiya), "Guangjou" (Xitoy), "Johor Darul Tazim" (Malayziya), pley-off g'olibi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia