OCHL. Sardor Mirzaev ketma-ket ikkinchi yil "Lokomotiv"ning ilk golini urdi

Narzulla Saydullayev
23 fev 2016, 20:39
Bugun O'zbekistonning "Lokomotiv" klubi OCHL 1-turida Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubiga qarshi o'yin o'tkazdi.

1:1 hisobi bilan yakunlangan o'yinda "Lokomotiv" safida Sardor Mirzaev gol urdi. E'tiborlisi futbolchi 2015 yilgi mavsumda ham Osiyo chempionlar ligasi 1-turida "Loko"ning dastlabki goliga mualliflik qilgandi. O'shanda "temiryo'lchilar" Saudiya Arabistonida "Al Hilol" mehmoni bo'lib 1:3 hisobida yutqazib qo'yishgandi.

Bu safar Mirzaevning goli jamoaga 1 ochko taqdim etdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia