OCHL. "Paxtakor"ning "Al Taavon"ga qarshi o'yini statistikasi

Tolibjon Qosimov
11 apr 2022, 04:42
Tunda OCHL 2-turi doirasida mamlakatimiz chempioni "Paxtakor" Saudiya Arabistonining "Al Taavon" klubi bilan bellashdi.

"Sherlar"ning ustunligida o'tgan o'yinda S.Voyneski shogirdlari 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Uchrashuvda yagona golni 83-daqiqada Aliboevning chiroyli pasidan keyin H.Erkinov kiritdi.

OFK matbuot xizmati ushbu o'yin statistikasini e'lon qildi. Unga ko'ra, "Paxtakor" umumiy zarbalar bo'yicha ham, aniq zarbalar bo'yicha ham ustunlik qilgan.


Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" OCHL 3-tur o'yinini 14 aprel kuni Qatarning "Duhayl" klubiga qarshi o'tkazadi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:15da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia