OCHL nimchorak finaliga qur'a tashlandi: Benzema Namanganga keladi!

Sherzod Nurmatov
28 dek 2023
Unda O'zbekistonning ikki klubi raqiblarini bilib oldi.

YANGILASH

Qur'a Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurdagi OFK Bosh qarorgohida tashkil etildi. Shunday qilib, "Nasaf" Qarshida "Al Ayn"ni, "Navbahor" esa Namanganda "Al Ittihod"ni mehmon qiladi.

G'arbiy mintaqa nimchorak final juftliklari:

"Nasaf" – "Al Ayn" (BAA)

"Al Fayha" (Saudiya Arabistoni) – "Al Nassr" (Saudiya Arabistoni)

"Sepaxon" (Eron) – "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni)

"Navbahor" – "Al Ittihod" (Saudiya Arabistoni)

Sharqiy mintaqa nimchorak final juftliklari

"Chonbuk Xyunday" (Koreya) – "Poxang Stilers" (Koreya)

"Ulsan Xyunday" (Koreya) – "Vanfore Kofu" (Yaponiya)

"Shandun Tayshan" (Xitoy) – "Kavasaki Frontale" (Yaponiya)  

"Bangkok Yunayted" (Tailand) – "Yokoxama" (Yaponiya)

Marosimda "Navbahor" sport direktori Abdumalik Umrzoqov, "Nasaf" Xalqaro aloqalar va licenziyalash bo'limi mutaxassisi Qobiljon Shodmonov hamda "Nasaf" sport direktori Botir Qoraev ishtirok etdi. 

2-savatchadagi jamoalar nimchorak finalning dastlabki uchrashuvlarini o'z maydonlarida qabul qilishadi. Mazkur bahslar 12-13 fevral kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.


Qur'adan avval jamoalar 2 ta savatga ajaratiladi: 

*guruh g'oliblari (5ta);

*guruhdagi eng yaxshi ikkinchi jamoalar (3ta). 


Nimchorak finalda guruh bosqichida o'zaro raqib bo'lgan jamoalar to'qnash kelmaydi. Yani "Al Hilol" – "Navbahor" qarama-qarshiligini ko'rmaymiz.

OFK Chempionlar Ligasi reglamentiga ko'ra, bir mamlakatning ikki jamoasi pley-off bosqichida o'zaro to'qnash kelishi mumkin va biz nimchorak finalda "Nasaf" – "Navbahor" to'qnashuvini ham ko'rishimiz mumkin.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia