OCHL. "Nasaf" ertaga qizil rangli liboslarda harakatlanadi

Sherzod Nurmatov
7 apr 2022, 19:45
Ertaga, 8 aprel kuni "Nasaf" Osiyo chempionlar ligasi 1-turida Qatarning "Al Sadd" klubiga qarshi bahs olib boradi.

Bugun jamoa vakillari ishtirokida miting bo'lib o'tdi.

Mitingda barcha guruh a'zolari vakillari ishtirok etishdi. Yig'ilishda OCHL guruh bosqichi o'yinlariga taluqli tadbirlar bilan tanishtirildi va jamoalar liboslari aniqlashtirib olindi. Unga ko'ra ertangi bahsda nominal mezbon "Al Sadd" oq, "Nasaf" esa qizil rangli liboslarda harakat qiladi.

Eslatib o'tamiz, "Al Sadd" hamda "Nasaf" o'rtasidagi uchrashuv 8 aprel kuni 22:15 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Насаф" матбуот хизмати