OCHL kvotalarini taqsimlash tizimi o'zgardi yoxud keyingi yil bizga "2+2" beriladimi?

Narzulla Saydullayev
26 yanv 2014, 09:45
OFK yangi mavsumdan boshlab davlatlarga kvota berish tizimini o'zgartiradi.
Bundan keyin klublar o'rtasidagi musobaqalarga MTJ va klublar reytingidan kelib chiqib qur'a tashlanadi. Yani MTJ reytingi 30 foiz, klublar reytingi esa 70 foiz ochkoni tashkil etadi.

Endi Osiyo milliy terma jamoalarining FIFA reytingidagi o'rni OCHL kvotalari soniga ta’sir qiladi.

Ushbu reytingda 1-24-o'rinlarni olgan davlat klublariga OCHLga to'g'ridan to'g'ri yo'llanma beriladi. 25-32 o'rinlarni egallaganlarga OFK Kubogi uchun yo'llanma beriladi. 33-47 o'rinlarda qolgan davlat klublari esa OFK Kubogi pley-offida qatnashadi.

Bu o'zgarishlar 2015 yildan kuchga kiradi.

OFKga yaqin manbalardan olingan xabarlarga ko'ra kelgusi yil O'zbekistonga 2+2 ko'rinishidagi o'rin berilishi kutilmoqda. Yani ikki klubimiz OCHL guruh bosqichida to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma olsa, qolgan ikki klubimiz OCHL pley-off bosqichida ishtirok etadi. Hozircha bular tasdiqlanmagan ma'lumotlar.

Eslatib o'tamiz, 2014 yilgi OCHL uchun O'zbekistonga 1+2 ko'rinishida o'rin berildi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia