OCHL. G'arbiy mintaqa. Bugungi o'yinlar haqida

Xayrulla Xoliqov
19 fev 2018
Bugun Osiyo chempionlar ligasining "A" va "B" guruhlarida 2-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Albatta, bizning e'tibor birinchi navbatda Eronning Isfahon shahrida kechadigan "Zobahan" - "Lokomotiv" bahsiga qaratiladi. Ammo bu turda boshqa qiziqarli o'yinlar kutib turganini unutmaylik.

O'tgan turda o'z maydonida g'alabaga erishgan BAAning "Al Jazira" klubi bu tur Saudiya Arabistonida "Al Ahli" mehmoni bo'ladi. Ma'lumki, saudiyaliklar ham ilk turda g'alaba nashidasini surishdi. Guruhdagi yana bir o'yin Qatarda "Al Garafa" va "Traktorsozi" o'rtasida kechadi. Ikkala jamoa ham o'tgan turda mag'lub bo'lganini hisobga olsak, Doxadagi bahs shiddatli kechishiga shubha qilmasa ham bo'laveradi.

"A" guruhi. 19 fevral
20:00. "Al Garafa" - "Traktorsozi"
22:10. "Al Ahli" - "Al Jazira"

Aytib o'tganimizdek, bugun asosiy e'tiborni "V" guruhi bahslariga qakratamiz. Ilk turda raqibini 5:0 hisobida mag'lub etgan "Lokomotiv" bu safar Eronda o'ynaydi. "Zobahan" o'tgan tur mag'lub bo'ldi va ochko olish ilinjida bor kuchi bilan harakat qilishi aniq. Bugun shuningdek, "Al Vahda" o'z maydonida Qatarning "Al Duhayl" klubi bilan bahs olib boradi.

"B" guruhi. 19 fevral
17:30. "Zobahan" - "Lokomotiv"
19:50. "Al Vahda" - "Al Duhayl"


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia