“B” guruhida “Al Jayish” (Qatar), “Fulad” (Eron), “Al Fath” (S.Arabistoni) va “Bunyodkor” (O'zbekiston) klublari kurash olib bormoqda. Quyida mazkur jamoalarni boshqarayotgan murabbiylar haqida qisqacha to'xtalamiz.
Fathi Al Jebali (Tunis)
“Al Fath” bosh murabbiyi
Tug'ilgan sanasi: 25 yanvar, 1963 yil.
Ma'lumot uchun: Fathi Al Jebali murabbiylik faoliyatini yordamchi murabbiy sifatida Saudiyada boshlagan. Keyinchalik bosh murabbiy bo'lib “Al Hazm”, “Al Shoala”, “Hajer” va “Najran” klublarida faoliyat olib borgan. U 2008 yildan beri “Al Fath”ni boshqarib kelyapti. O'shanda murabbiy “Al Fath”ni birinchi ligada qabul qilib olgandi. O'tgan mavsum esa jamoani chempionlik sari etakladi.
Mirjalol Qosimov (O'zbekiston)
“Bunyodkor” bosh murabbiyi
Tug'ilgan sanasi: 17 sentyabr, 1970 yil.
Ma'lumot uchun: “Bunyodkor” oliy ligaga chiqqanidan beri Qosimov mazkur klubda faoliyat yuritib kelmoqda. 2012 yilgi mavsumda ushbu murabbiy boshchiligida jamoa OCHLning yarim finaliga qadar yetib bordi. Qosimov ayni paytda klubda ishlash bilan birga milliy terma jamoani ham boshqarmoqda.
Nabil Malul (Tunis)
“Al Jayish” bosh murabbiyi
Tug'ilgan sanasi: 25 iyul, 1962 yil.
Ma'lumot uchun: Futbolchilik faoliyati mobaynida Tunis, Germaniya, S.Arabistoni klublarida to'p surgan. Murabbiylik ishini boshlagan Nabil Malul 2004 yil Afrika Millatlar Kubogida Tunis termasi bilan zafar quchgan. 2011 yil esa Afrika chempionlar ligasida “Esperansa” klubini g'oliblik sari etakladi. U hamkasbi Razvan Luchesku o'rniga “Al Fath” bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Hossayn Faraki (Eron)
“Fulad” bosh murabbiyi
Tug'ilgan sanasi: 22 mart, 1956 yil.
Ma'lumot uchun: Hossayn Faraki 2012 yildan beri “Fulad”ni boshqarib kelyapti. Eron terma jamoasining sobiq hujumchisi o'zining birinchi mavsumida “Fulad” bilan to'rtinchi o'rinni egalladi. U futbolchilik davrida 1978 yilgi jahon chempionatida ishtirok etgan. “Fulad”ga kelgunga qadar “Pas”, shuningdek Eron olimpiya terma jamoasida ishlagan.
X.Xoliqov tayyorladi.