OCHL. "D" guruhida o'yinlar yakunlandi + jadval

Mirjalol Normatov
24 sen 2020, 22:59
OCHL "D" guruhida 6-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Unda Xavi boshqaruvidagi "Al Sadd" jamoasi "Sepaxon"ga mag'lub bo'ldi, Saudiya Arabistonining "Al Nassr" jamoasi esa "Al Ayn"ga yutqazgan bo'lsa-da, mag'lub tomonlar muddatidan oldin pley-off yo'llanmasini hal qilgandi.


"Sepaxon" (Eron) - "Al Sadd" (Qatar) 2:1

Gollar: Mirzai (14, 1:0), Shaxbozzoda (53, 2:0), Ali (82, 2:1).

"Sepaxon": Niyozmand, Gvelesiani, Najedmahdi, Kiani, Musulmon (Karimi, 64), Rafei (Baxirei, 88), Nurafxon, Shaxbozzoda (Kiros, 90+2), Ismoilfar, Mirzai (Dexqoni, 64), al-Gassani (Moxebi, 46).

"Al Sadd": Barsham, Xoder, Tabata, Sayyar, Salmon (Hassan, 46), Suxail, al-Bayati (Xuxi, 61), Ellitxi, Ali, Yussuf, el-Said.

"Al Nassr" (Saudiya Arabistoni) - "Al Ayn" (BAA) 0:1

Gol: Laba (19, 0:1).

"Al Nassr": Abdulloh, Madu (al-Amri, 60), al-Avjami, al-Halaf, Abdulaziz al-Davsari, Faraj (al-Alavi, 60), Ali (Yahyo, 46), Abdulrahmon al-Davsari, Martines (al-Haybari, 46), al-Birakan (al-Naji, 76), Muhammad Adam.

"Al Ayn": Eysa, Ahmad, Shiotani, Salim Abdulloh (Hadid, 65), Ali Shokir, Muhammad Abdulrahmon (Muhsin Abdulloh, 62), al-Ahbobi, Islomxon (Yaslam, 62), Barman, Kayo, Laba (Maruf, 46).

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia