OCHL chorak finaliga qur'a tashlandi

Xayrulla Xoliqov
23 may 2018
Bugun OFK shtab-kvartirasida Osiyo chempionlar ligasi-2018 musobaqasining chorak finaliga qur'a tashlash marosimi o'tkazildi.

Qur'a natijalariga ko'ra, hamyurtimiz Server Jeparov to'p tepayotgan Eronning "Istiqlol" klubi chorak finalda Qatarning "Al Sadd" klubi bilan bellashadi.

Eronning amaldagi chempioni "Persepolis" esa "Al Duhayl"ga raqiblik qiladi. Sharq mintaqasida ikkita Janubiy Koreya klubi bir-biriga qarshi bahs olib boradi: "Chonbuk Xyunday Motors" - "Suvon Samsung". Shuningdek, Yaponiyaning "Kashima Antlers" klubi Xitoyning "Tianjin Kuanjian" klubiga ro'baro' keladi.

OCHL. 1/4 final juftliklari

"Istiqlol" (Eron) - "Al Sadd" (Qatar)
Dastlabki uchrashuv: 1 avgust
Javob uchrashuvi: 27 avgust

"Al Duhayl" (Qatar) - "Persepolis" (Eron)
Dastlabki uchrashuv: 2 avgust
Javob uchrashuvi: 28 avgust

"Kashima Antlers" (Yaponiya) - "Tianjin Kuanjian" (Xitoy)
Dastlabki uchrashuv: 3 avgust
Javob uchrashuvi: 28 avgust

"Chonbuk Xyunday Motors" (J.Koreya) - "Suvon Samsung" (J.Koreya)
Dastlabki uchrashuv: 4 avgust
Javob uchrashuvi: 29 avgust



Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com