OCHL. "Bunyodkor-W" Eron klubiga yutqazdi

Sherzod Nurmatov
7 noya 2021
Bugun O'zbekiston chempionatining 2020 yildagi chempioni tarixda ikkinchi bor o'tkazilayotgan Osiyo Chempionlar ligasidagi yurishini boshladi.

Vakilalarimiz Iordaniyaning Aqaba shahrida bo'lib o'tayotgan musobaqa birinchi turida Eronning "Shahrdari Sirjan" jamoasiga qarshi bahs olib borishdi.

Elmira Gulamova shogirdlari o'yinda 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchrashdi. "Bunyodkor-W" tarkibidagi gol muallifi hujumchi Lyudmila Karachik bo'ldi. U penalti orqali hisobni qisqartirishga erishdi.

Bizga ma'lum bo'lishicha, "Bunyodkor-W" quyidagicha tarkib bilan maydonga tushgan:

"Bunyodkor-W": 1. Olga Qahhorova, 8. Luiza Sadirova, 17. Dilrabo Asadova, 27. Ilvina Ablyakimova, 5. Kamola Risqieva, 9. Dildora Nozimova, 10. Saida Galimova, 15. Umida Zoirova, 19. Nozima Ergasheva, 7. Lyudmila Karachik

"Bunyodkor-W"ning keyingi uchrashuvlari:

2-tur. 10 noyabr

“BUNYODKOR-W” - “AMMAN KLUB” (Iordaniya)

3-tur. 13 noyabr

“BUNYODKOR-W” - “SRI GOKULAM KERALA” (Hindiston)


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia