OCHL. Bugun "Paxtakor" "Sharja" bilan o'ynaydi

Alisher
20 apr 2021, 09:16
20 aprel, seshanba kuni "Paxtakor" Chempionlar Ligasi 3-turida BAAning "Sharja" jamoasi bilan maydonga tushadi.

"Sherlar” hozirga qadar rasmiy musobaqalarda bu raqibga qarshi o'ynashmagan. Faqat ko'p yillar avval BAAdagi qishki yig'ini doirasida bu jamoa bilan o'yin o'tkazilgan.

O'yinni jamoalardan diskvalifikaciya sababli o'tkazib yuboradigan futbolchilar yo'q.

"Sharja" futbol klubi Sharjada 1966 yil tashkil qilingan. Hozirgacha BAA chempionatida olti bor va BAA Prezidenti Kubogida sakkiz marta zafar quchgan. Superkubokda ikki bor g'olibga aylangan. Oxirgi yillarda ushbu klub BAAning eng kuchli jamoalaridan biriga aylandi. Abdulaziz Al Anbari boshchiligida jamoa yetakchilar qatoriga qaytdi.

“Sharja” va “Paxtakor” jamoalari o'rtasidagi bellashuv 20 aprel, seshanba kuni Toshkent vaqti bilan 23:00da “Sharja” stadionida boshlanadi.

"Sharja"ning OCHL uchun futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar

12. Humud Hovayj

26. Darvish Habib

40. Odil Al Husani

49. Maed Muhsin

Himoyachilar

3. Hassan Solih

4. Shahin Abdulrahmon

5. Hamad Jassim

13. Salim Sulton

15. Abdulaziz Al Kaabi

17. Ali Al Zanhani

18. Abdulloh G'anim

19. Holid Ibrohim

31. Xalifa Abdulrahmon

87. Abdulla Ajmani

Yarim himoyachilar

7. Kayo (Braziliya)

8. Muhammad Abdulbasit

10. Igor Koronado (Braziliya)

11. Saif Rashid

14. Holid Bavazir

25. Saad Al Kaabi

27. Luan Pereyra (Braziliya)

29. Otabek Shukurov (O'zbekiston)

38. Muhammad Xalfan

66. Ahmad Hasan

79. Abdulrahmon Juma

80. Dhari Fahad

88. Ahmad Surur

Hujumchilar

23. Salim Solih

45. Abdalla Alsuvaydi

90. Ali Al Hammadi


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати