OCHL. Bugun ikkinchi finalchi ma'lum bo'ladi

Eldor Akmurzayev
26 fev 2023
Bugun, 26 fevral kuni Osiyo chempionlar ligasi G'arbiy mintaqasida yarim final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Unda “Al Duhayl” (Qatar) hamda “Al Hilol” (S.Arabistoni) o'zaro to'qnash keladi. Uchrashuv Dohada Abdulla bin Halifa stadionida 20:00 da start oladi.

Eslatib o'tamiz, sharqiy mintaqada “Urava” (Yaponiya) final masalasini ancha erta hal qilib qo'ygandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia