OCHL. Bugun dastlabki finalchi nomi ma'lum bo'ladi

Xayrulla Xoliqov
22 okt 2019
Bugun Saudiya Arabistonining Ar Riyod shahrida Osiyo chempionlar ligasi dastlabki yarim final javob uchrashuvi o'tkaziladi.

Saudiya Arabistonining eng nomdor klubi "Al Hilol" o'z maydonida Qatarning "Al Sadd" klubini qabul qiladi. O'yin bizning vaqt bilan 21:15da boshlanadi. 

Esingizda bo'lsa, Dohada kechgan birinchi o'yinda "Al Hilol" mehmonda to'p surgan bo'lishiga qaramay, 4:1 hisobida zafar quchgandi. Shunday ekan, bugungi bellashuvda mezbonlarning imkoniyati yuqori baholanmoqda. Ammo "Al Sadd" ham uchrashuv boshlanmay turib qo'lni ko'tarmoqchi emas. 

"Al Sadd" tarkibida bugun ikksi asosiy futbolchi, Bagdad Bunedja bilan himoyachi Abdulkarim Hassan diskvalifikaciya tufayli maydonga tusha olmaydi. "Al Hilol" safida esa jiddiy yo'qotish yo'q, bu jamoa o'yinga to'liq tayyor deya olamiz.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia